IIB Kiberxavfsizlik bo`limi xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 51 yoshli S.B. o`ziga tegishli bo`lgan "OIL EXTRACTION" MChJ xo`jalik hududida noqonuniy "Mayning" fermasini tashkil qilib, 10 dona "Abtiminer S19", 3 dona "Whatsminer M30" mayning qurilmalarini shahar elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulab ish faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlandi. U jami 13 ta mayning qurilmasini tashkil qilganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Mayning faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmog`iga hisoblagichlarsiz o`zboshimchalik bilan ulanib olib, 2 mlrd 530 ming so`m miqdorida moddiy zarar keltirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, C.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun huquqbuzarga 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.






