AsosiyJinoyat

Surxondaryoda Afg`oniston fuqarosi IIB xodimiga pora berayotganda qo`lga tushdi

'Surxondaryoda Afg`oniston fuqarosi IIB xodimiga pora berayotganda qo`lga tushdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas`ul xodimiga Termiz shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan Afg`oniston fuqarosi D.S. bilan uchrashadi. Ayni paytda Termiz shahrida yashab kelayotgan, 2005 yil tug`ilgan farzandi D.A.ning besh-olti oy vizasiz O`zbekiston Respublikasi hududida yashab turishi yoki unga noqonuniy ravishda viza rasmiylashtirib berishi uchun 800 AQSh dollari miqdorida pora taklif etgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Viloyat IIB mas`ul xodimi D.S.ga O`zbekistonda pora olish va berish jinoyat ekani haqida qayta-qayta huquqiy tushuncha berishiga qaramay, u bu fikridan qaytmagan. Shundan so`ng mas`ul xodim O`zbekiston Respublikasi IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi boshlig`i nomiga bildirgi yozgan.  

Davlat xavfsizlik xizmati Surxonlaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Afg`oniston fuqarosi D.Sabir 800 dollar miqdoridagi pulni pora sifatida berayotgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar