AsosiyJamiyat

Toshkentda bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan bozorlar tashkil qilindi (ro`yxat)

'Toshkentda bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan bozorlar tashkil qilindi (ro`yxat)'ning rasmi

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari poytaxt tumanlaridagi 12 ta dehqon bozorlarida tashkil qilindi.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. 

Tashkil qilingan bozorlar va ularning joylashuvi ro`yxati quyidagicha:

— Bektemir tumani — “Qo`yliq dehqon bozori” AJ, “Toshkent qishloq xo`jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ;
— Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ;
— Mirzo Ulug`bek tumani — “Navro`z dehqon bozori” AJ;
— Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ;
— Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori” AJ;
— Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ;
— Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
— Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
— Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
— Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ;
— Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori” AJ.

Dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Dehqon bozorlari Yangi yilning 1 yanvar kuni ham ishlaydi.

    Boshqa yangiliklar