Bugun, 25 dekabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Bo`stonliq tuman sudida Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika inspektori 1992 yilda tug`ilgan M.J.ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.
Sud hukmiga muvofiq M.J. voyaga etmagan Z.D.ga (2010 yilda tug`ilgan) nisbatan JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.
"Bundan tashqari, sud tomonidan JPKning 417-moddasi tartibida M.J.ga o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun shart–sharoit yaratib bergan Sh.A., M.Z. va F.M.ga nisbatan JKning 131-moddasi (qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atish masalasini hal qilish uchun Bo`stonliq tumani prokuroriga xabar yuborildi", deyiladi xabarda.






