AsosiyJamiyat

“Prezident sovg`asi” tarkibida nimalar borligi aytildi

'“Prezident sovg`asi” tarkibida nimalar borligi aytildi'ning rasmi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo`lida qurbon bo`lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg`asi” karvonlari hududlarga jo`nab ketmoqda.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg`asi” tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo`llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg`alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg`alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

“Prezident sovg`asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar