AsosiyJamiyat

Navoiyda Cobalt'ning gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi

'Navoiyda Cobalt'ning gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi'ning rasmi

Navoiy viloyatida Cobalt avtomobilining gaz balloni portlagan holat yuzasidan viloyat IIB ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa joriy yilning  24 dekabr kuni soat 09:50 larda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi avtoturargohda sodir bo`lgan.

Fuqaro F.D.ning Cobalt'iga o`rnatilgan "metan gaz" balloni portlab ketishi natijasida haydovchi F.D. va uning 3 yoshli voyaga etmagan farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ammo, voyaga etmagan R.Sh. ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

IIB xabarida F.D.ning ayni vaqtdagi ahvoli haqida ma`lumot berilmagan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar