Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda YaTT K.M. “Yangi mahalla” MFYdagi savdo do`konida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 50 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro A.A.ga 800 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do`konidan 14 xil turdagi jami 3 453 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.S.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do`konida 2 514 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda hech qanday hujjatsiz 454 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
25.12.2023 19:05
2 hududda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini sotayotganlar qo`lga tushdi






