AsosiyDunyo

Jeki Chan Shanxaydagi kasalxonaga yotqizildi

'Jeki Chan Shanxaydagi kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Joriy yilning 25 dekabrga o`tar kechasi jang san`ati ustasi va taniqli xitoylik aktyor Jeki Chan Shanxay Lin Shan kasalxonasiga olib ketilgan. OAV xabariga ko`ra, uning ahvoli og`ir.

Ma`lumotlarga ko`ra, Jeki Channing sog`lig`ining og`ir ahvoli haqidagi xabarlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridan faol ravishda o`chirilmoqda, uning ahvoli haqida malumot almashayotgan foydalanuvchilarning akkauntlari bloklangan.

Avvalroq Sony Picturec kompaniyasi The Karate Kid-2 filmining aktyorlar tarkibini e`lon qilgan edi. Filmdagi asosiy rollardan birini filmning birinchi qismida bosh rolni ijro etgan Jeki Chan ijro etishi kerak.

59 yoshli Jeki Chan kinodagi faoliyatini kaskadyor sifatida boshlagan, ba`zida kichik rollarda ham suratga tushgan. Channing birinchi yutuq loyihasi 1978 yilda "Burgut soyasida ilon" komediyasi edi.

    Boshqa yangiliklar