AsosiyDunyo

Indoneziyada nikel zavodi portlashi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi

'Indoneziyada nikel zavodi portlashi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Indoneziyaning Sulavesi orolidagi nikel zavodida ro`y bergan portlash oqibatida kamida 13 ishchi halok bo`ldi, o`nlab kishilar jarohatlandi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, portlash ta`mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Bu yana bir necha portlashlarga sabab bo`ldi. Chunki yaqin atrofda ko`plab kislorod baklari bo`lgan.

Bir necha soatdan keyin yong`in o`chirilgan. Portlashda 8 nafar indoneziyalik va 5 nafar xitoylik halok bo`lgan.

Tuman rahbari vazifasini bajaruvchi Raxmansiya Ismoilning mahalliy matbuotga aytishicha, jarohatlanganlarning deyarli yarmi xorijlik ishchilar bo`lib, ulardan kamida 17 nafari og`ir yaralangan.

Kompaniya jabrlanganlarni davolash xarajatlarini qoplashini aytdi.

Ma`lumot uchun: IMIP — zanglamaydigan va karbonli po`lat ishlab chiqaradigan Xitoy kompaniyasiga tegishli nikel eritish zavodi.

Shu yil boshida xuddi shu sanoat parkidagi nikel zavodida norozilik namoyishi chog`ida xitoylik va indoneziyalik ishchilar halok bo`lgandi.

Shuningdek, bir necha oy oldin xuddi shu zavodda sodir bo`lgan yong`in natijasida bir ishchi halok bo`lgan va olti kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar