AsosiyJamiyat

Zangiotada 13 yoshli qiz o`gay onasi tomonidan muntazam zo`ravonlikka uchrab kelayotgani aniqlandi (video)

'Zangiotada 13 yoshli qiz o`gay onasi tomonidan muntazam zo`ravonlikka uchrab kelayotgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 13 yoshli qiz o`gay onasi tomonidan muntazam zo`ravonlikka uchrab kelayotgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma`lumot berdi
 

Xabarga ko`ra, holat ichki ishlar organlari tomonidan o`rganilganda videoda 2010 yilda tug`ilgan S.R.ga otasi S.S.ning turmush o`rtog`i S.Sh. tomonidan zo`ravonlik qilingani holati ekani aniqlangan. Bu fakt yuzasidan S.S. ham tuman IIBga murojaat qilib, turmush o`rtog`iga qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga etmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o`tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o`tkazildi. Hozirda bolaga ruhiy zo`ravonlik etkazilganligini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Qaramog`ida bo`lgan bolaga zo`ravonlik qilgani aytilayotgan S.Sh.ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.

Mazkur fakt bo`yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida.

    Boshqa yangiliklar