AsosiyJamiyat

Buxoroda kuchli shamol sabab Yangi yil archasi qulab tushdi

'Buxoroda kuchli shamol sabab Yangi yil archasi qulab tushdi'ning rasmi

Bugun, 25 dekabr kuni kechki payt kuchli shamol tufayli Buxoro viloyatining Qorako`l tumani markazida bezatilgan Yangi yil archasi qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Ayni paytda archaning karkaslarini ta`mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda.

«Yangi yil archasi tez orada ta`mirlanib, o`z o`rnida qayta o`rnatiladi va madaniy tadbirlar belgilangan dastur asosida davom ettiriladi» — deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar