AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar