AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonidagi yo`llar qordan tozalanib, qum-tuz aralashmasi sepilmoqda (video)

'Qamchiq dovonidagi yo`llar qordan tozalanib, qum-tuz aralashmasi sepilmoqda (video)'ning rasmi

Qamchiq dovonida ko`rish darajasi 100 metrni tashkil etmoqda. Dovonda mashinalar to`xtovsiz harakatlanishi uchun yo`llar qordan tozalanib, qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. Bu haqda "Qamchiqavtoyo`l" IYFUK xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 218-256 km.lar oralig`ida qor yog`moqda.

Yo`llarda ko`rish darajasi 100 metrni, tuman, shamol tezligi 5-16 m/s ni, havo harorati -2 darajani, namlik 81 %ni tashkil etmoqda. Qor yog`ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to`xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta`minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo`l" IYFUK tomonidan yo`l qoplamasida sirpanchiq bo`lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo`l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda."Qamchiqavtoyo`l" IYFUK “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar