Soliq qo`mitasining ma`lum qilishicha, noyabr oyida yig`ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.
Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o`tkazib olishingiz mumkin.
Tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.






