Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIB Yo`l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida, Ohangaron tumanida Farg`ona—Ohangaron yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvida bo`lgan, Mercedes-Benz Sprinter rusumli avtotransport vositasi to`xtatilgan. Avtomobil xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning yukxonasida xufiyona tarzda kiyim-kechaklar ostiga yashirilgan fuqaro Kayumovaga tegishli bo`lgan, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, qiymati 200 million so`m bo`lgan jami 174 108 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






