AsosiyJamiyat

2023 yilda 1 trln so`mlik gaz va elektr o`g`irlandi – O`zenergoinspeksiya

'2023 yilda 1 trln so`mlik gaz va elektr o`g`irlandi – O`zenergoinspeksiya'ning rasmi

Joriy yilning shu kuniga qadar "O`zenergoinspeksiya" tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta`minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 9 ming 446 ta holatda iste`molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Xususan, 767 mln metr kub tabiiy gaz (748 mlrd 600 mln so`m) va 335 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (251 mlrd 900 mln so`m) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami  1 trln 500 mln so`m zarar etkazilgan.

Shuningdek, 2 ming 134 ta ma`muriy qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, natijada 204 mlrd so`m miqdoridagi jarimalar undirishga qaratilgan.

Inspeksiyaning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo`yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalarida 171 ta holatda 2 mln 823 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Qayd etilishicha, energiya resurslaridan ayrim "tadbirkor"larning noqonuniy va o`g`rincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar ta`minoti barqarorligiga jiddiy ta`sir ko`rsatyapti.

Ispeksiya, o`z navbatida, iste`molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan ulanish yoki ularni boshqa yo`llar bilan talon-toroj qilganlik uchun qonunchilikda qat`iy choralar belgilanganidan ogohlantirmoqda.

    Boshqa yangiliklar