AsosiyJamiyat

Toshkent metrosi yangi yilga o`tar kechasi 1 soat ko`proq ishlaydi

'Toshkent metrosi yangi yilga o`tar kechasi 1 soat ko`proq ishlaydi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni Yangi yil bayrami kunlari poezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti qay tartibda amalga oshirilishi to`g`risida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 31 dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya`ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.

Shuningdek, qo`shimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

    Boshqa yangiliklar