AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 16 yoshli bola YPX xodimidan qochib, Jentrani Milliy gvardiya xodimi ustiga haydadi (video)

'Surxondaryoda 16 yoshli bola YPX xodimidan qochib, Jentrani Milliy gvardiya xodimi ustiga haydadi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Gentra haydovchisi IIO xodimlarining talabiga bo`ysunmay harakatlanib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yilning 26 dekabr kuni 12:45 larda Denov tumani Sh.Rashidov ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor Dilshodjon Xayitmurodov hududda o`rnatilgan 3.27 yo`l belgisi ta`sir doirasida to`xtab turgan Gentra haydovchisiga qoidabuzarligini tushuntirib, me`yoriy hujjatlarini taqdim etishini so`ragan.

Ammo, 16 yoshli haydovchi A.Sh hujjatlari yo`qligini va otasi kelib taqdim etishini ma`lum qilib, shu zahoti harakatlanib ketishga uringan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida, transport vositasi to`xtatilib, haydovchisi tuman Denov tumani IIB ga olib borib borilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar