AsosiyJamiyat

Imom-domlalarga Qur`oni karim qiroati bo`yicha “Ijoza” berish marosimi bo`lib o`tdi

'Imom-domlalarga Qur`oni karim qiroati bo`yicha “Ijoza” berish marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Shu yilning 27 dekabr kuni poytaxtdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida mamlakatimizdagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh imom-domlalarga Qur`oni karim qiroati bo`yicha “Ijoza” berish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqida musulmonlar idorasi xabar berdi.

 “Ijoza” arabcha so`z bo`lib, “ruxsat berish” ma`nosini anglatadi. Ya`ni, Qur`oni karim ustozining o`z shogirdiga Qur`oni karimni o`qish uchun izn berishidir.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan “Qur`on va tajvidni o`rgatish” bo`limi mudiri, o`n xil qiroat sohibi Shayx Alijon qori Fayzulla Mahdum o`g`li tomonidan imom-xatiblar qiroatini tajvid qoidalariga mos bo`lishini ta`minlash borasida tizimli mashg`ulotlar olib borildi.

Fayzli tadbirda Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari so`zga chiqib, bugun diyorimizda ulkan tarixiy voqea, xalqimiz, ayniqsa, ahli ilmlar yillar davomida intiqib kutgan orzulari amalga oshayotgani, ya`ni, imom-domlalarimiz Qur`oni karim qiroati bo`yicha “Ijoza” olish baxtiga muyassar bo`layotganlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar. 

Hozirgi kunda ushbu amaliyot Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqatgina yurtimizda joriy qilingani bilan yanada ahamiyatli ekani, shu boisdan ham qo`shni davlatlar bu borada havas qilayotganlarini ta`kidladilar.

 

    Boshqa yangiliklar