Turli mamlakatlar qalbaki mahsulotlarning keng ko`lamli muammosiga qarshi kurashish uchun barcha turdagi usullar va vositalardan foydalanadilar. O`zbekistonda uch yildan buyon bozorni raqamlashtirish, kontrafakt va kontrabandaga qarshi kurashish asosiy vazifalaridan biri bo`lgan “Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimi faol joriy etilmoqda.
Bugungi kunda “Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimida mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining umumiy soni 53 891 nafarni tashkil etadi. 2023-yilda mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining o`sishi 2022 yildagiga nisbatan 4 barobarga oshdi.
"Asl Belgisi" raqamli markirovka tizimi uchun 2023-yil samarali bo`ldi. Markirovka tizimi operatori asosiy sa`y-harakatlarini tizimni rivojlantirish, iste`molchilar uchun mobil ilovani modernizasiya qilish, shuningdek, biznes uchun ilovani ishga tushirishga qaratdi va mahsulot guruhlariga sezilarli ta`sir qildi.
Markirovka tizimining ta`sirlari
“Asl Belgisi” markirovka tizimi ma`lumotlariga ko`ra, 2023-yilda O`zbekistonda pivo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshgan.
Pivo sanoatida shu yil pivo mahsulotlari aylanmasi ishtirokchilari soni 80% ga oshdi. Shuningdek, cheklar bo`yicha sotilgan markirovkali pivo mahsulotlari 2022-yilga nisbatan 4 barobar ko`p bo`ldi. Bu muvaffaqiyat mamlakatda ushbu mahsulotlarga majburiy raqamli markirovkaning joriy etilgani bilan izohlanadi. Shuni ta`kidlash kerakki, markirovka mamlakatga soliq yig`ilishi hajmini oshirishga yordam beradi. Davlat soliq qo`mitasi bosh inspektori Ahmadbek Fayzievning aytishicha, markirovka tizimi joriy etilganidan beri ikki yil davomida pivo ishlab chiqarish 50 foizga oshgan.
(havola https://tass.ru/ekonomika/18920017 ).
“Maishiy texnika” guruhi haqida gapiradigan bo`lsak, 2023 yilda maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchilari soni o`tgan yilga nisbatan 4 barobar ko`p bo`lganini ta`kidlash joiz. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni o`sishi bilan maishiy texnikaning ro`yxatdan o`tgan savdo nomlari soni ham ko`payib, joriy yilda 204 foizga oshdi. Shuningdek, 2022 yilga nisbatan 500 barobar ko`proq markirovkali maishiy texnika muomaladan chiqarildi.
Bugungi kunda mamlakatda alkogol, tamaki, pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari markirovkalanadi. 2024 yil martidan esa suv va gazlangan ichimliklarga raqamli markirovkani joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu chora bozorni oqartirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish va iste`molchilarni noqonuniy mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.
Raqamli markirovka tizimiga ko`ra, O`zbekistonda joriy yilda markirovkalangan alkogol mahsulotlari guruhi bo`yicha aylanma ishtirokchilari soni o`tgan yilga nisbatan 21 foizga oshgan. Shuningdek, o`tgan yil davomida alkogol mahsulotlarining ro`yxatdan o`tgan savdo nomlari soni 25 foizga oshdi. Joriy yil yakuniga ko`ra o`tgan yilga nisbatan 3 barobar ko`p markirovkali alkogol mahsulotlari muomaladan chiqarildi.
“Tamaki mahsulotlari” mahsulot guruhi haqida gapiradigan bo`lsak, joriy yilda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni 18 foizga oshdi. O`tgan yilga nisbatan bu yil tamaki kompaniyalari markirovka tizimida 23 foizga ko`proq mahsulot nomlarini ro`yxatdan o`tkazdi. Shuningdek, markirovkalangan tamaki mahsulotlari 2022 yilga nisbatan uch baravar ko`proq muomaladan chiqarildi.
Dori vositalarini majburiy markirovkalash boshlanganiga bir yil bo`ldi va joriy yilda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni 2022 yilga nisbatan 4 barobar ko`paydi. Joriy yilda markirovkalangan dori vositalarini qabul qilish bo`yicha sotish 2022 yilga nisbatan 800 baravar ko`paydi.
“Asl Belgisi” qo`llab-quvvatlash xizmati
Eslatib o`tamiz, hozirda markirovka tizimi foydalanuvchilarini qo`llab-quvvatlash xizmati mavjud bo`lib, u mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining kundalik so`rovlarini qabul qiladi. O`tgan yil davomida qo`llab-quvvatlash xizmati tomonidan mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining telefon orqali 24 ming so`rovini, telegram orqali 14 mingdan ortiq so`rovni, shuningdek, pochta, veb-shakl va Ma`lumotlar markazi orqali 7 mingdan ortiq murojaatlar ko`rib chiqildi. 2022 yilga nisbatan bu yil murojaatlar soni 56 foizga oshgan.






