Texnik ishlar bajarilishi va havo kemasi rejalashtirilgan vaqtda uchishga tayyor emasligi munosabati bilan, faqat 2023-yil 28 dekabr kuni HY101/102 Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qatnov 6 soatu 20 daqiqaga kechiktirilib, o`zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unga ko`ra:
HY101 qatnovi
Toshkentdan jo`nab ketish soat 13:00 da, mahalliy vaqt
Nyu-Yorkga etib kelish soat 16:10 da, mahalliy vaqt
HY102 qatnovi
Nyu-Yorkdan jo`nab ketish soat 17:45 da, mahalliy vaqt
Toshkentga etib kelish soat 15:45 da (ertasi kuni), mahalliy vaqt
“Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash bo`yicha barcha zarur ishlarni olib borishmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz“, - deyiladi xabarda.






