AsosiyJamiyat

Namanganda ota 5 yoshli o`g`lini 3 marta pichoqladi

'Namanganda ota 5 yoshli o`g`lini 3 marta pichoqladi'ning rasmi

Namanganning Mingbuloq tumanida ota 5 yoshli bolasini 3 marta pichoqladi. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, 1989 yilda tug`ilgan erkak 26.12.2023 yil soat 22-00larda o`zaro joriy yilning yanvar oyida ajrashib ketgan turmush o`rtog`i yashab kelayotgan uyiga borib, birgalikda yashash to`g`risida kelisha olmasdan, janjallashib, unga o`zi va farzandlarini o`ldirishini aytib, yashash uyiga qaytib kelgan.

Shundan so`ng, u shu kuni soat taxminan 23-10larda yashash uyida, oshxona pichog`i bilan o`zi bilan birgalikda yashab kelayotgan 2018 yilda tug`ilgan o`g`lini qasddan o`ldirish maqsadida bo`yin sohasiga 3 marotaba pichoq tortgan vaqtida, xonadondagi baqir-chaqirlarni eshitgan akasi qo`lidan pichoqni tortib olib qo`ygan. Natijada, erkak o`g`lini qasddan o`ldirish jinoyatini oxiriga etkaza olmagan.

Mazkur holat yuzasidan 27.12.2023 yilda Mingbuloq tumani prokuraturasi tomonidan JKning 25-97-moddasi

1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tatibda ushlandi.

    Boshqa yangiliklar