“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 28 dekabrdagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi 2024 yil 19 yanvar kuni soat 15:00da o`tkaziladi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi aksiyadorlar umumiy yig`ilishlarini masofadan turib Internet tarmog`ida onlayn rejimda o`tkazishga mo`ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o`tkaziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o`tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2024 yil 15 yanvar holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2024 yil 19 yanvar kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko`chasi, 13-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
1. “UzAuto Motors” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi reglamentini tasdiqlash;
2. “UzAuto Motors” AJ taftish komissiyasi faoliyatini tugatish va nizomini bekor kilish;
3. “UzAuto Motors” AJ kuzatuv kengashi a`zolarining son miqdorini oshirish;
4. “UzAuto Motors” AJ ustavini yangi tahrirda tasdiqlash;
5. “UzAuto Motors” AJ “Kuzatuv kengashi to`g`risida”gi nizomini yangi tahrirda tasdiqlash;
6. “UzAuto Motors” AJ tashkiliy tuzilmasining yangi tahririni tasdiqlash;
7. “UzAuto Motors” AJ kuzatuv kengashi a`zolarini saylash;
8. “UzAuto Motors” AJ “Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a`zolariga haq va to`lovlar to`lash to`g`risida”gi nizomini bekor qilish va “Kuzatuv kengashi a`zolariga haq va to`lovlar to`lash to`g`risida” nizomini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida ko`rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko`chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2023 yil 29 dekabrdan 2024 yil 18 yanvargacha, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig`ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro`yhatdan o`tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so`raymiz.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1729#, 1731#, 1732#)






