AsosiyJamiyat

Avariya sodir bo`ldi: Farg`onaning uchta tumani “svet”siz qoldi

'Avariya sodir bo`ldi: Farg`onaning uchta tumani “svet”siz qoldi'ning rasmi

 Farg`ona viloyatida 110 kVli “L-Ya-O`z” elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur nosozlikni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida soat 16:00 gacha tarmoq ta`mirga chiqarildi.

Hozirgi vaqtda Beshariq, Buvayda hamda O`zbekiston tumanlarining ayrim iste`molchilari (8000 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.

Ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog`idagi nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar