AsosiyJamiyat

Deyl Axmadi "Zakovat" intellektual klubiga direktor bo`ldi

'Deyl Axmadi "Zakovat" intellektual klubiga direktor bo`ldi'ning rasmi

"Zakovat" intellektual klubi NNT ta`sischisining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi

Tadbir davomida o`tgan yil natijalari hamda 2024 yil rejalari va kelgusi faoliyatning istiqbolli yo`nalishlari muhokama etildi. Bunda "Zakovat" intellektual o`yinini aholi o`rtasida ommaviy-ma`rifiy harakatga aylantirish dolzarb masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Ta`sischilarning qarori bilan "Zakovat" intellektual klubi direktori lavozimiga Deyl Axmadi tayinlandi.

Tayinlovga qadar Deyl Axmadi AOKA Media-markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar