AsosiyJamiyat

Chirchiqda sudya marhumni jarimaga tortdi

'Chirchiqda sudya marhumni jarimaga tortdi'ning rasmi

“Ezgulik” jamiyatining raisi tomonidan ijtimoiy tarmoqda Chirchiqda sudya marhumni jarimaga tortganligi haqida xabar e`lon qilindi.

Sudyalar oliy kengashining aniqlanishicha, joriy yilning mart oyida fuqaro va  Kadastrlar agentligining Toshkent viloyat boshqarmasi uch nafar fuqaroga nisbatan Qibray tumani, Xazina ko`chasini ochish, o`zboshimchalik bilan qurilgan temir darvoza, devor va noqonuniy qurilmalarni buzish haqidagi da`vo talabi bilan sudga murojaat qilgan.

Nizo fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudi tomonidan ko`rilishida uch nafar javobgarlardan biri sud majlisi bo`ladigan vaqt va joyi ma`lum qilingan bo`lsa-da, prosessga kelmagan va kelmaslik sabablarini ham sudga ma`lum qilmagan.

Natijada, fuqarolik ishi amaldagi O`zbekiston Respublikasi FPK 220-moddasi 3-qismiga asosan, kelmagan javobgar ishtirokisiz sudda ko`rilgan va avgust oyida da`vo qisman qanoatlantirilgan. Javobgarlarga noqonuniy umum foydalanuvidagi ko`chaga chiqqan holda qurilgan qurilmalarni buzish majburiyati yuklatilishi bilan bir vaqtda, tegishli davlat bojini (jarima emas) ham solidar tartibda undirilishi belgilangan.

Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmasdan fuqarolik ishi Toshkent viloyat sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan apellyasiya instansiyasida ko`rilgan.

Ishda qatnashmagan javobgarning vafot etgani, o`tgan vaqt davomida uning mol-mulki (uy-joyi va unga tutash nizoga sabab bo`lib, noqonuniy qurilgani aytilayotgan darvozaxona) boshqa shaxsga sotilgani aniqlangan.

Birinchi instansiya sudida qatnashgan da`vogarlar va boshqa javobgarlar tomonidan sudga ushbu javobgarning vafot etgani ma`lum qilinmagan.

Shunga ko`ra, xal qiluv qarori (15.11.2023 y.) bekor qilinib, tegishli javobgarni ishga jalb qilish masalasi ko`rsatilgan holda, ish yangidan ko`rish uchun yuborilgan.

Shuningdek, ishni birinchi instansiya sudida ko`rgan sudyaning ishni ko`rishda yo`l qo`ygan xatoliklari, nizoni joyiga chiqib o`rganmaganligi holatlari viloyat sudi sudyalari malaka hay`ati tomonidan o`rganilib, tegishli baho beriladi. 

Ayni paytda fuqarolik ishi birinchi instansiya sudida qayta ko`rilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar