AsosiyJamiyat

O`zbek yuk tashuvchilariga Afg`onistonda o`rnatilgan cheklov bekor qilindi

'O`zbek yuk tashuvchilariga Afg`onistonda o`rnatilgan cheklov bekor qilindi'ning rasmi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg`oniston transport va fuqaro aviasiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan o`tkazgan uchrashuvda muhim kelishuvlarga erishildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Xususan, o`zbek milliy tashuvchilari uchun tranzit va Afg`onistonning boshqa hududlariga tashuvlar jarayonida o`rnatilgan cheklov bekor qilindi.

Shuningdek, 2024 yildan boshlab tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig`im va to`lovlarni paritet asosida o`rnatish bo`yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar