Olimlar saraton hujayralarini bartaraf etishning yangi usulini kashf etishdi. Ular aminosianin molekulalariga infraqizil nur vositasida ta`sir etishdi, bu uning sinxron tebranishiga va saraton hujayralarining membranalarining yo`q qilinishga olib keldi, deb xabar beradi mir24.tv.
Tadqiqot Rays universiteti, Texasdagi A&M va Ostin universitetlari jamoasi tomonidan o`tkazildi. Ular yangi usul avvalgilariga qaraganda ancha samarali ekanligini qayd etishdi.
“Bu molekulyar mashinalarning mutlaqo yangi avlodi bo`lib, biz ularni molekulyar bolg`achalar deb ataymiz”, dedi kimyogar Jeyms Tur.
Bundan oldin saratonni bartaraf etadigan boshqa turdagi molekulyar mashina ishlab chiqilgan edi. Ammo yangi ishlanmaning mexanik harakati million marta tezroq.
Bundan tashqari, u ko`rinadigan yorug`lik emas, balki yaqin infraqizil nurlanish yordamida faollashtiriladi, bu uning tanaga chuqurroq kirib borishiga imkon beradi. Kelajakda yangi texnologiya suyak va organlar saratonini jarrohlik amaliyotisiz davolash imkonini beradi.
Tajribalar davomida “molekulyar bolg`a” laboratoriyada o`stirilgan saraton hujayralarining 99 foizini yo`q qildi.
Shuningdek, u melanomasi bor laboratoriya sichqonlarida ham sinovdan o`tkazildi va ularning yarmi kasallikdan xalos bo`ldi.






