AsosiyJamiyat

Qozog`istonda ichida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi (video)

'Qozog`istonda ichida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 18:50 da Qozog`istonning Aqto`be viloyati Aytekebi tumanidagi Qorabutak-Qo`stanay avtomobil yo`lida yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketgani haqida ma`lumot kelib tushgan, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Voqea joyida qutqaruvchilar, mahalliy hokimiyat va ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan 32 nafar O`zbekiston fuqarosi tuman masjidiga evakuasiya qilingan.

"Hodisa joyida jabrlanganlar yo`q. Yo`lovchilar Ekaterinburg-Chimkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan bo`lgan", - deyiladi Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo sharoiti yomonlashganda va yo`llarda avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etilganda ob-havo o`zgarishini kuzatib borish va yo`lga chiqmaslikni so`ragan. 

Qozog`istonning 6 ta viloyatidagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo`llari 15 ta uchastkasida noqulay ob-havo sharoiti, kuchli qor tufayli harakatlanishga cheklov joriy etilgan.

    Boshqa yangiliklar