Yil yakunida barchamiz ortda qolayotgan vaqt davomida nimalarga erishdik, yil boshida nimalarni reja qilgandik-u, nimalarni qilishga ulgurmaganimiz, yil boshida oramizda kimlar bor edi-yu, yil yakunigacha kimlarni yo`qotganimiz haqida fikr-mulohaza qilishimiz bor gap... O`zbek xalqi o`tgan 2023 yilda ko`plab etuk ziyoli va mashxurlardan, va hatto buyuk darg`alaridan ayrildi.
03.01.2023: Abdulla Oripovning singlisi Qashqadaryodagi shifoxona portlashi oqibatida vafot etdi.
13.01.2023: O`zbekiston xalq shoirasi, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi.
18.01.2023: O`zbek sirk san`ati afsonasi Xakim Zaripov vafot etdi.
30.01.2023: Bolalar shoiri Odil Abdurahmon 80 yoshida vafot etdi.
25.02.2023: Taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi.
17.04.2023: O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.
14.05.2023: O`zbekiston xalq shoiri Oydin Hojieva 81 yoshida vafot etdi.
13.06.2023: O`zbekistonlik futbol darvozaboni, SSSR sport ustasi Nikolay Lyubarsev 81 yoshida vafot etdi.
2023 yil, 5 mart. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kunni hali uzoq elab yurishsa kerak. O`zining hajviy chiqishlari bilan “MittiVine” tahallusi orqali tanilgan bloger Farhod Mannopov ayni shu kunda vafot etgan edi.
2023 yil, 5 aprel. Taniqli telejurnalist Sohibjon Alijonov vafot etdi.
Turli obrazlar orqali el kunglidan joy olgan, teatr va kino aktyori, O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov ham shu yilning 8 aprel sanasida vafot etgan edi.
27 may, Yoshlar telekanalining yoshgina boshlovchisi Nozima Mahmudova kutilmaganda vafot etdi.
20 iyul 2023 O`zbekiston xalq artisti Tolib Karimov vafot etdi.
Ko`plab shlyagerlar muallifi Nuriddin Hamroqulov ham joriy yilning 1 avgust kuni bu yorig` olamni tark etgan edi.
Aslida yuqorida sanab o`tilgan va video davomida nomlari endi tilga olinadigan barcha insonlarning mehnati taqsimga sazovor. Lekin, 4 sentyabr kuni o`zbek san`atining darg`alaridan birining bu olamni tark etishi butun o`zbek xalqini qayg`uga soldi. O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev...
5 oktyabr sanasida esa “Darakchi” jurnalisti Suriya Magdieva kasallik sabab bevakt vafot etdi.
Televizion miniatyuralar teatridagi rollar bilan xalqqa tanilgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Abduxoliq Mamarasulov ham joriy yilning 21 oktyabr kuni 74 yoshda vafot etdi.
19 noyabr, bu sanada O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Xayrulla Jo`raev 78 yoshida vafot etdi.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli suxandon O`tkir Siddiqov ham joriy yilning 20 noyabrsanasida, 78 yoshida vafot etdi. Ma`lumotlarga qaraganda O`tkir Siddiqov faoliyati davomida 250 dan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilib, 8 mingga yaqin tadbirlada ishtirok etgan.
So`z ustasi, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qiziqchilik san`ati markazi asoschisi, Marg`ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Mamasiddiq Sheraev joriy yilning 21 noyabr sanasida 77 yoshida vafot etdi.
05.03.2023: Jurnalist Shuhratbek Dehqonov vafot etdi.
09.03.2023: Jurnalist Akmal Toshev vafot etdi.
07.05.2023: Taniqli futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi.
19.05.2023: Taniqli aktyor va rejissyor Rustam Urazaev Moskvada vafot etdi.
24.05.2023: Qilichbozlik federasiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova 39 yoshida to`satdan vafot etdi.
02.07.2023: ”Paxtakor-79“ muallifi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi.
03.09.2023: Taniqli shoir G`ulom Fathiddin vafot etdi.
15.09.2023: “Dunyo bo`ylab” telekanalining 31 yoshli jurnalisti dori reaksiya berishi oqibatida vafot etdi.
30.10.2023: O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov vafot etdi.






