AsosiyJamiyat

Aviakompaniya aybi bilan 6 yoshli bola yolg`iz boshqa shaharga uchib ketdi

'Aviakompaniya aybi bilan 6 yoshli bola yolg`iz boshqa shaharga uchib ketdi'ning rasmi

Spirit Airlines  aviakompaniyasining ehtiyosizligi tufayli 6 yoshli bola noto`g`ri shaharga jo`natgan. Uning oilasi haqiqiy stressni boshdan kechirdi. Ularning so`zlariga ko`ra, bu ularning hayotidagi eng dahshatli voqealardan biri bo`lgan, deb xabar beradi NewTimes.kz.

Kasper ismli bolachaning ota-onasi u bilan birga uchmagan. Biroq ular farzandlarini samolyot bortida kuzatib borish xizmatidan foydalanishga qaror qilishgan. Kasperning buvisi uni Fort-Mayers aeroportida kutib turgan, biroq bola kerakli vaqtda u erda bo`lmagan.

Aviakompaniyaning aybi bilan bola Orlando shahriga uchib ketdi. Buvi farzandini ko`rish uchun 250 kilometr yo`l bosib bordi.

Ayol nabirasi qanday qilib Orlandoga borib qolganiga hayron edi. Aviakompaniya, o`z navbatida, voqea uchun uzr so`ragan va yo`qotishlarni qoplashga va`da berdi. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.

    Boshqa yangiliklar