Kecha, 2 yanvar kuni Livanning Bayrut shahri janubida sodir bo`lgan portlash oqibatida HAMAS Siyosiy byurosi rahbarining o`rinbosari Solih al-Aruriy halok bo`ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Aytilishicha, 57 yoshli al-Aruriy va uning ikki sherigi vafot etgan. Portlash SAXAL uchuvchisiz samolyotining HAMAS qarorgohiga bergan zarbasi oqibatida sodir bo`lgan.
Livanning “Al Mayadeen” telekanali aniqlik kiritishicha, Isroil droni HAMAS idorasiga uchta raketa bilan hujum qilgan. HAMAS al-Aruriyning o`limini tasdiqlagan. Livan armiyasi portlash sodir bo`lgan joyga qo`shimcha kuchlarni olib kelgan.






