AsosiyDunyo

Yaponiyada halokatga uchragan samolyot ichidagi barcha yo`lovchilar qanday tirik qolishdi?

'Yaponiyada halokatga uchragan samolyot ichidagi barcha yo`lovchilar qanday tirik qolishdi?'ning rasmi

Halokatga uchragan samolyot ichidagi barcha yo`lovchi tirik qoldi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz". Yo`lovchilar ekipaj ko`rsatmalariga amal qilgan holda yonayotgan samolyotning avariya chiqish eshiklariga qo`l yukisiz shoshilishgan. 

Aviasiya mutaxassislari fikricha, aynan shu qoidaga amal qilinishi Tokiodagi Haneda aeroportining uchish-qo`nish yo`lagida yonib ketgan Airbus A350 samolyoti bortidagi barcha 379 kishini muvaffaqiyatli evakuasiya qilish imkonini bergan asosiy omil bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo`lmagan.

Eslatib o`tamiz, Japan Airlines aviakompaniyasining 516-reysi qo`nish chog`ida qirg`oq qo`riqlash xizmatining kichik samolyoti bilan to`qnashgan, oqibatda yong`in chiqqan. Kichik samolyot bortidagi olti kishidan besh nafari halok bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar