Biroz avval, internet tarmog`ida Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi qo`lga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rasmiy ma`lumot taqdim etgan edik. Unda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi va boshqa moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha gumondor sifatida jalb qilingan ma`lum qilingandi.
DXX Matbuot xizmati xabar berishicha, 2023 yilning 5 dekabr kuniga qadar jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudi lavozimida ishlagan shaxs ushbu lavozimda bo`lishi davrida, o`z ish yurituvida bo`lgan qurilish firmasi rahbari va boshqalarni JKning 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) "a" bandi bilan ayblashga oid jinoyat ishini ko`rib chiqishi jarayonida hokimiyat harakatsizligi, dalillarni soxtalashtirish, adolatsiz hukm chiqarish hamda tovlamachilik kabi jinoyatlarini sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan to`plangan materiallar asosida, Bosh prokuratura tomonidan JIB Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan JKning 165, 208, 230-1 va 231-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.






