AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`qqiz yildan buyon qidiruvda bo`lgan “Jihodchilar” oqimi a`zosi 6,5 yilga qamaldi

'O`zbekistonda to`qqiz yildan buyon qidiruvda bo`lgan “Jihodchilar” oqimi a`zosi 6,5 yilga qamaldi'ning rasmi

2023 yil mart oyida Turkiya polisiyasi tomonidan diniy oqim a`zosi qo`lga olinib, O`zbekistonga ekstradisiya qilindi. Sud hukmi bilan A.Abdurahmonovga 6 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012 yillarda Rossiyada ishlab yurgan vaqtda mazkur diniy oqim ta`siriga tushib, uning a`zosi bo`lgan. Farg`ona shahrida akasi va bir qator shaxslardan iborat oqimning “jamoati”ni tashkil qilgan. Uning yig`ilishlarida faol ishtirok etib kelgan. Yig`ilishlarda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari hamda boshqa diniy ekstremizm va aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan ma`ruzalar, video va roliklar muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar