Shu yil 5 yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi pedagog-o`qituvchilarning yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Unda tashkiliy masala ko`rildi. O`zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo`yicha bo`lim mudirasi vazifasida ishlab kelayotgan Maryam Abdullaeva "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Maryam Abdullaeva umumta`lim maktablarida, "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasida o`qituvchi, O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo`limi, Xotin-qizlar masalalari bo`yicha bo`limlarida mas`ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ta`lim sifatini oshirish, o`qituvchilarga munosib sharoitlar yaratish, talaba-qizlarning bilim va ko`nikmalarini yuksaltirishga alohida urg`u qaratish zarurligini ta`kidladi. Shuningdek, yangi rahbarga ta`lim muassasasi jamoasi ham elkadosh bo`lib, hamjihatlikda bir yoqadan bosh chiqargan holda ish yuritishi katta yutuqlarga omil bo`lishiga ishonch bildirdi.