"Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan chiqindi xizmatlari uchun oylik to`lovlardan qarzdorligi bo`lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.
Qarzdorlik bo`yicha ogohlantirilgandan keyin to`lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to`lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
1-bosqichda – Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2024 yil 1 iyundan – 6 oylik qarzdorlik uchun;
2-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2024 yil 1 noyabrdan – 3 oylik qarzdorlik uchun;
3-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2025 yil 1 yanvardan – 1 oylik qarzdorlik uchun.
2024 yil 1 iyundan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizasiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi (aholi mustaqil saralagan chiqindilar bundan mustasno).