“O`zgidromet” 11 yanvar, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, cho`l hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, cho`l hududlarda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.






