AsosiyJamiyat

Jizzaxda shamol tumani hokimligi binosining tomini uchirib yubordi (video)

'Jizzaxda shamol tumani hokimligi binosining tomini uchirib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida kuchli shamol hokimiyat binosining tomini uchirib ketgani haqida xabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan tuman hokimligi ma`lumot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Forish tumanida 2024 yil 10 yanvar kuni soat 10:20 larda shamol tezligi 24 m/sekundgacha kuchayishi natijasida aylanma shamol yuz berib, Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tom qismidan tom yopgichlarini uchirgan.

Natijada, tunika va taxtalar uchib, hokimiyat avtoturargohida bo`lgan 6 ta avtomashina ustiga tushgan va qisman zarar etkazgan.

"Fuqarolarga hech qanday zarar etkazmadi. Tabiiy ofat natijasida ko`rilgan talafotni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar