AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ikki fuqaroning uyidan qariyb 26 kg narkotik topildi

'Qashqadaryoda ikki fuqaroning uyidan qariyb 26 kg narkotik topildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIB xabariga ko`ra, 6 yanvar kuni Ko`kdala tumanida yashovchi M.ning yashash uyi ko`zdan kechirilganda, yashash uyida 7 ta xaltada, 2 ta bachokda, 12 ta gugurt qutilarda, 4 ta sellofan paketda, 1 ta sigaret qutida, 3 ta belamor sigaretida jami 25 kg 108, 4 gramm og`irlikdagi “marixuana” giyohvandlik moddasi hamda chekish uchun maxsus tayyorlangan uskunalar borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, Qarshi tumanida fuqaro Sh.ning yashash uyi ko`zdan kechirilganda, 3 ta belomor sigaretasi va 2 dona gugurt qutilarda 60 gramm og`irlikdagi “marixuana” giyohvandlik moddalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Gumonlanuvchi bilan olib borilgan surishtiruvlarda giyohvandlik moddasini Ko`kdala tumanida yashovchi M. ismli shaxsdan olganligini ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani ichki ishlar bo`limi huzuridagi Tergov bo`limi jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar