AsosiyDunyo

Avstriyadagi tog`-chang`i kurortidagi osma ko`prik uzilib ketdi

'Avstriyadagi tog`-chang`i kurortidagi osma ko`prik uzilib ketdi'ning rasmi

Avstriyaning Tirolshahridagi tog`-chang`i kurortida osma yo`l uzilib ketdi. 

Hodisa oqibatida etti kishi jabrlangan. To`rt kishi og`ir tan jarohati oldi, bittasining ahvoli og`ir.

Hodisa Es aholi punkti yaqinidagi Axerkogelban osma yo`lda sodir bo`lgan. Mutaxassislarning taxminiga ko`ra, arqon ustiga daraxt qulashi natijasida kabina shikastlangan.

Hozircha osma yo`l vaqtinchalik ishdan chiqqan. Hodisaga nima sabab bo`lgani va daraxt qanday qulagani aniqlanmoqda.

Shuni ta`kidlash kerakki, Axerkogelban osma yo`lida 60 ga yaqin kabina mavjud. 

    Boshqa yangiliklar