AsosiyJamiyat

Toshkentda o`zga shaxsning nomiga 30 mln kredit olgan fuqaro qo`lga tushdi

'Toshkentda o`zga shaxsning nomiga 30 mln kredit olgan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 61 yoshli Sh.O. IIOga murojaat qilib, ularning nomiga noma`lum sabablarga ko`ra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazilgan. Natijada mazkur jinoyatni Yakkasaroy tumanida yashovchi 39 yoshli S.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko`ra, S.A. jabrlanuvchi Sh.O.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma`lumotlarini qo`lga kiritgan. So`ngra ularning nomidan mobil ilova orqali ro`yxatdan o`tib, onlayn tarzda 30 mln so`m onlayn kredit rasmiylashtirib, o`sha vaqtning o`zida mazkur pullarni o`zining foydalanuvida bo`lgan bank plastik kartasiga o`tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, qonunga muvofiq, mazkur jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar