Ijtimoiy himoya milliy agentligida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan gruziyalik Meri Maglaperidze xonim boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi ish boshladi.
Meri Maglaperidze – Gruziyaning ijtimoiy himoya sohasidagi mas`ul agentlik direktori. Mazkur lavozimni egallaguniga qadar u Xalq himoyachisi apparatida, BMTning "Gender tengligi" dasturida, Bola huquqlari markazida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Hozirgi vaqtda Meri Maglaperidze hamda uning jamoasi - Elene Martashvili va Giorgi Saxokia bilan birgalikda Agentlikda "ijtimoiy ish" tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni standartlashtirish, voyaga etmaganlar va katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish tizimini rivojlantirishga ko`maklashadilar.






