O`zgidromet ertaga, 12-14 yanvar kunlari O`zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo`lgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, 12 va 14 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. Navoiy viloyatining shimolida 12 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, 12 va 14 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, 12 va 14 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. 13 yanvarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-13 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo`ladi, 12 yanvarda kechasi va ertalab va 13 yanvarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, 14 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, 12-13 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 14 yanvarda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.






