Prezident Shavkat Mirziyoev10 yanvar kuni Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar tahlili va kelgusi vazifalar muhokamasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.
Davlatimiz tomonidan Qoraqalpog`istoniqtisodiyotini ko`tarishga, odamlarning turmush sifatini yaxshilashga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. So`nggi etti yilda hududda misli ko`rilmagan o`zgarishlar ro`y berdi. Avvallari 15 ta tumandan 12 tasi dotasiyada bo`lgan Qoraqalpog`iston bugungi kunga kelib, o`z daromadiga ega bo`lgan hududga aylandi. Xususan, 15 trillion so`m investisiya hisobiga 5 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Orol dengizining qurigan hududi o`rnida 1 million 800 ming gektar yashil o`rmonzor barpo etildi. 51 ming oilaning uy-joy sharoiti yaxshilandi, 401 ta mahallada qurilish-ta`mirlash ishlari bajarildi. Aholining turmush darajasi oshdi.
Qoraqalpog`istonda biznes yuritishuchun boshqa hech bir hududga berilmagan imtiyozu imkoniyatlar taqdim etilgan. Xususan, jozibador biznes muhiti va hudud aholisiga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida foyda, aylanmadan soliq, er va mol-mulk soliqlari 2 baravar pasaytirilgan, ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilangan. Natijada tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard so`m qolmoqda.
Bu ishlarni yangibosqichga ko`tarish maqsadida so`nggi ikki yilda Qoraqalpog`istonda sanoat, qishloq xo`jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir 7 ta farmon va qaror qabul qilindi. Bu maqsadlar uchun 400 million AQSh dollari va 250 milliard so`m ajratildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari vaviloyatlar bilan hamkorlikda Orolbo`yining shahar va tumanlarida ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yig`ilishda 2023 yildaqilingan ishlar ko`rib chiqilib, 2024 yilga mo`ljallangan vazifalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda Qoraqalpog`istonaholisi 2 million nafardan oshdi. Har yili mehnat bozoriga 50 ming aholi kirib keladi. Davlatimiz rahbari ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o`qitib, daromadli ish va munosib yashash sharoitlari bilan ta`minlash kerakligiga e`tibor qaratdi.
Shu maqsadda joriyyilda ham keng ko`lamli ishlar ko`zda tutilgan. Xususan, sanoat hajmi 23 trillion so`mga etkazilib, 2 trillion so`mlik yangi quvvatlar yaratiladi. To`qimachilik, elektrotexnika, farmasevtika, qurilish materiallari tarmoqlarida 5 trillion so`mlik 24 ta yirik loyiha ishga tushiriladi.
2024 yilda hududga2 milliard 100 million dollar xorijiy investisiya jalb etilishi mo`ljallangan. Buning evaziga sanoatda 206 ta, xizmat ko`rsatish sohasida 240 ta, qishloq xo`jaligida 34 ta investisiya loyihasi amalga oshiriladi. Ularda 13 mingga yaqin yuqori daromadli ish o`rni ochiladi.
Qoraqalpog`istonda ishlab chiqarish,qishloq xo`jaligi, turizm va boshqa xizmatlar izchil rivojlanmoqda. Imkoniyatlardan samarali foydalanib, joriy yilda eksport hajmini 160 million dollarga etkazish maqsad qilingan.
Qishloq xo`jaligida erunumdorligini oshirish uchun xorijiy grant jalb qilinadi. 6 ming gektar erga suv tejovchi texnologiya joriy qilinib, 31 ming gektar lazerli tekislanadi.
Mahallalar infratuzilmasi vaxonadonlar ta`mirlanadi. Yuqori texnologik tibbiy xizmatga muhtoj bemorlar davolanishiga 2,3 milliard so`m yo`naltiriladi.
Shu bilan birga,fuqarolar tashabbusi asosidagi loyihalarga 182 milliard so`m, yil davomida mahalliy byudjetdan yana 40 milliard so`m ajratiladi. Kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash dasturlari doirasidagi loyihalarga 10 trillion so`m beriladi.
Prezidentimiz yangi isho`rinlari yaratish bo`yicha rejalar mavjud salohiyatga mos emasligini ta`kidlab, bu boradagi qo`shimcha imkoniyatlarni ko`rsatib o`tdi.
Masalan, 51 tasanoat zonasida 775 milliard so`mlik 71 ta loyihani boshlab, 1 mingta ish o`rni yaratsa bo`ladi. Yoki 10 ming gektar bo`sh erni savdoga chiqarib, 20 mingta tadbirkorni jalb qilish mumkin. Bu 50 ming ish o`rni, degani. Shuningdek, noruda konlarga sanoatni olib kirib, 7,5 trillion so`mlik loyihalar hisobiga 10 ming aholini band qilish mumkin.
Davlatimiz rahbari buboradagi katta imkoniyatlardan biri turizm ekanini ta`kidladi. Qoraqalpog`istonda turizmni, ayniqsa, uning eko, etno, ziyorat yo`nalishlarini rivojlantirish bo`yicha dastur ishlab chiqish, turizm klasteri tashkil etish va sohaga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yuzasidan topshiriq berildi. Nukus aeroportini rivojlantirish va aviaqatnovlarni ko`paytirish, yangi mehmonxonalar qurish, muzeylarni modernizasiya qilish, yo`l bo`yi xizmatlarini kengaytirish vazifalari ko`rsatib o`tildi.
Germaniya, Janubiy Koreya,Yaponiya va Turkiyadan mutaxassislarni taklif etib, yoshlarni chet tili, axborot texnologiyalari, dizayn, mehmonxona xizmati kabi 17 turdagi zamonaviy kasblarga o`qitish muhimligi ta`kidlandi.
Mutasaddilar Qoraqalpog`istonni ishsizlikdanxoli hududga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligini qayd etib, bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab oldi.






