AsosiyJamiyat

Bir kunda metan zapravkalarda rejadagiga nisbatan 103 foiz ko`p tabiiy gaz sotildi

'Bir kunda metan zapravkalarda rejadagiga nisbatan 103 foiz ko`p tabiiy gaz sotildi'ning rasmi

O`zbekistonda 10 yanvar kuni metan zapravkalarda rejadagiga nisbatan 103 foiz ko`p tabiiy gaz sotilgani ma`lum bo`ldi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari  Hasan Toshxo`jaev ma`lum qildi. Shuningdek, kecha, 10 yanvar kuni “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatdagi barcha avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalariga 3 ming 117 tonna avtobenzin etkazib berildi.

Birja savdolariga avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalarida sotish uchun 3 ming 160 tonna avtobenzin, 1 ming 830 tonna dizel yonilg`isi qo`yilgan bo`lib, undan 2 ming 576 tonna avtobenzin hamda 162 tonna dizel yonilg`isi sotildi.

10 yanvar kuni respublika elektr energiyasi iste`moli 226,5 million kVt/soatni, tabiiy gaz iste`moli esa 152,9 mln kubometrni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar