AsosiyJamiyat

14 yanvar kuni "Men G‘olib" ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

'14 yanvar kuni "Men G‘olib" ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

14 yanvar kuni ikkita muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni va mamlakatning Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligini nishonlash kunida «Humo Arena» start-finish maydonchasida «Men G‘olib» an`anaviy qishki ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi.

«Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi O`zbekistonda Engil atletika federasiyasi ko`magida o`tkazilayotgan ommaviy yugurish musobaqalarining navbatdagi seriyasi uchun debocha bo`ladi. Sport musobaqasiga mamlakatning qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yugurish klublarining ishtirokchilari qo`shiladi

Tadbir asosiy tashkilotchi – Engil atletika federasiyasi, bosh hamkor – «O`zbekneftgaz» AJ, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qoshidagi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi ko`magida tashkil etiladi.

Dastlab O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va kuch ishlatish tuzilmalari orasida shosseli yugurish bo`yicha O`zbekiston chempionatini o`tkazish doirasida harbiylar uchun ixtisoslashgan sport tadbiri sifatida qabul qilingan bo`lsa-da, «Men G‘olib» musobaqasi oddiy yugurish havaskorlari orasida ham tobora ommaviylik qozonib bormoqda. Mana bir necha yildirki, «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasini tashkil etishga Andrey Kulikov rahbarligida yugurish va jismoniy tayyorgarlik maktabi ham qo`shilmoqda.

«Men G‘olib» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasini o`tkazishning asosiy maqsadlari – O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari orasida qo`shimcha jismoniy faollikni oshirish va rivojlantirish, eng kuchli jamoalarni aniqlash va O`zbekiston harbiy-kuch tuzilmalarining jamiyatdagi maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan.

«Men G‘olib» kubogi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo`mitasi, Prezident xavfsizligi davlat xizmati, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining vakillaridan tashkil topgan 8 ta jamoa o`rtasida o`ynaladi.

Havaskor yuguruvchilar uchun 10 yanvargacha Prorun.uz saytida ochiq tarzda ro`yxatdan o`tish – pullik imkoniyati mavjud bo`ladi. 10 km, 3 km va «Family Run» masofalari uchun ro`yxatdan o`tish qiymati 150 000 so`mni tashkil qiladi. Ishtirokchilarning start paketlari 12 yanvar kuni, soat 10:00 dan 18:00 gacha Engil atletika federasiyasida, quyidagi manzilda beriladi: Islom Karimov ko`chasi, 98, mo`ljal – «Paxtakor» stadioni.

Ishtirokchining start paketiga quyidagilar kiradi:
       · Start ko`krak nishoni (1 dona);
       · My Laps chipi;
       · baff;
       · futbolka;
       · 4 ta to`g`nog`ich

Belgilangan vaqt limitida masofani yugurib o`tgan barcha ishtirokchilarga «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi uchun maxsus ishlab chiqilgan finishchi medallari topshiriladi.

Sport tadbirini o`tkazish shartlari bilan batafsil tanishib chiqish uchun Engil atletika federasiyasining saytida «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasining nizomi joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar