Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog`idagi maxsus rejimli koloniyaga o`tkazilganidan beri ilk bor sud majlisida ishtirok etdi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Navalniy Kovrov shahar sudi yig`ilishiga video aloqa orqali bog`langan.
6 dekabr kuni Navalniyning sheriklari u bilan aloqa uzilgani haqida xabar berishdi: Vladimir viloyatidagi IK-6 qamoqxonasida saqlanayotgan siyosatchi bilan avval advokat uchrashishiga ruxsat berilmadi. Ertasi kuni Navalniy sud majlisiga kiritilmadi va keyingi majlislar bekor qilindi. 15 dekabr kuni Federal Jazoni ijro etish xizmati siyosatchi Vladimir koloniyasidan olib ketilgani haqida xabar berdi, 10 kundan keyin u Xarp qishlog`idagi IK-3da ekanligi ma`lum bo`ldi.






