AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2024 yil sayohat qilishga arziydigan mamlakatlar qatoriga kiritildi

'O`zbekiston 2024 yil sayohat qilishga arziydigan mamlakatlar qatoriga kiritildi'ning rasmi

O`zbekiston 2024 yil sayohat qilishga arziydigan mamlakatlar qatoriga kiritildi. 

Hindistonning nufuzli telekanallaridan biri – “NDTV” xorijiy sayyohlarni 2024 yilda  O`zbekistonga tashrif buyurishga chaqirdi.

Telekanalning rasmiy saytida e`lon qilingan maqolada joriy yil ko`ngildagidek sayohat yo`nalishlarini izlayotganlarga madaniy boylik, tabiiy go`zallik va noyob taassurotlarni jamlagan mamlakatlarni tanlash maqsadga muvofiq ekanligi tavsiya etilgan.

Muallif mazkur yo`nalishlar sirasiga Buyuk ipak yo`li merosiga boy O`zbekistonni kiritib, yurtimizga kelib, tarix sahifalariga sayohat qilish zarurligini yozgan.

– Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarni kashf eting. Ushbu maskanlardagi betakror me`morchilik namunalari va gavjum bozorlar bir paytlar karvonlar orqali savdo-sotiq qilingan davrlarni eslatadi, – deyiladi “NDTV” saytida.

Maqolada, shuningdek, mamlakatimizda qad rostlab turgan me`moriy mo``jizalar odamlarni hayratga solishi ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar