AsosiyJamiyat

Qaysi toifa shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya to`lanadi?

'Qaysi toifa shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya to`lanadi?'ning rasmi

Pensiya jamg`armasi qaysi toifa shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya to`lanishi haqida eslatma berdi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi buyrug`i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya pul to`lovlarining mexanizmi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq, quyidagi shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (hozirgi kunda 372 ming so`m)ning 45 foizi miqdorida oylik kompensasiya pul to`lovlari oluvchilari hisoblanadi:

1. O`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.

2. Ko`rish qobiliyati bo`yicha I guruh nogironligi bo`lgan shaxslar.

3. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.

4. 1941 – 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo`lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

To`liq ro`yxat bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Shuningdek, yoshi 100 yoshga to`lgan va undan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar